Dastlabki qo‘ng‘iroqdan tortib, so‘nggi bo‘yoq qatlamigacha

Biz yillar davomida xizmat qiladigan, himoya qiluvchi va bezak beruvchi mahsulotlarni yaratamiz. Har bir partiya yuqori standartlarga javob berishi uchun biz sinovdan o‘tgan formulalar, zamonaviy uskuna va import xom ashyolardan foydalanamiz.

Brendimiz tarixi

OSCAR kompaniyasi 2010 yilda aniq maqsad bilan tashkil etildi — faqat bo‘yoq ishlab chiqarish emas, balki ishonchli, chiroyli va uzoq muddat xizmat qiladigan ta’mirlashning asosini yaratadigan materiallar ishlab chiqishni maqsad qilib qo'ydi.

Biz bo‘yoq-qoplama mahsulotlarini qayta ishlashdan boshlanganmiz, bugungi kunda esa 600 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqaramiz: bo‘yoqlar, emallar, shpaklyovkalar, germetiklar, roliklar va boshqa ko‘plab mahsulotlar.

Biz ish boshlaganimizdan boshlab sifat, oshkoralik va rivojlanish yo‘lini tanladik. Ishlab chiqarishda Turkiya va Xitoy texnologiyalaridan foydalanamiz, xomashyoni Germaniya, Shvetsiya, Rossiya va boshqa davlatlardan import qilamiz. Bizning yondashuvimiz — halollik, detallarga e'tibor va hamkorlikdir. Shu sababli OSCAR butun mamlakatda va undan tashqarida ishonchga sazovor bo‘lgan brend hisoblanadi.

Bizning qadriyatlarimiz

Murosasiz sifat

Har bir mahsulot partiyasi qat'iy nazoratdan o‘tadi va xalqaro standartlarga javob beradi.

Mijoz ehtiyojlariga e’tiborli yondashuv

Har bir mijozning maqsadlari, vazifalari va o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda ishlaymiz — kichik buyurtmalardan tortib ulgurji ta’minotlargacha.

Innovatsiyalar va rivojlanish

Biz zamonaviy texnologiyalarni joriy etamiz va jarayonlarni takomillashtiramiz, shunda har doim bir qadam oldinda bo‘lamiz.

Atrof-muhitga mas'uliyatli yondashuv.

Xavfsiz xom ashyo va texnologiyalarni qo‘llaymiz, atrof-muhitga ta’sirni minimal darajaga tushiramiz.

Bizning jamoa

Bizning maqsadimiz

Biz qurilish yechimlari olamida ishonchli yo‘lko‘rsatkich bo‘lishga intilamiz — innovatsiyalar, ekologik xavfsizlik va yuqori sifat standartlarini mujassam etgan mahsulotlarni taklif qilamiz.

Bizning maqsadimiz — uzoq xizmat qiladigan, jozibali ko‘rinadigan va atrof-muhitni yanada yaxshiroq qiladigan: xavfsizroq, qulayroq va chiroyliroq materiallar yaratish.

Qanday ishlaymiz?

Biz ko‘plab loyihalarni amalga oshirganmiz

01.

Vazifani tahlil qilish va mos yechimlarni tanlash.

Obyekt, sirt turini, foydalanish sharoitlarini va mijozning istaklarini o‘rganamiz. Eng maqbul tarkib, rang soyasi va qo‘llash texnologiyasini taklif qilamiz.

XOL07173 (1)
XOL07108 (1)

02.

Ishlab chiqarish jarayoni va sifat nazorati

Mahsulotlar zamonaviy uskunalarda, import xomashyo qo‘llanilgan holda ishlab chiqariladi. Har bir partiya mustahkamlik va aşınishga chidamlilik bo‘yicha laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.

03.

Yetkazib berish va texnik qo‘llab-quvvatlash

Tezkor logistika bilan ta'minlaymiz va mijozni loyiha yakunigacha qo‘llab-quvvatlaymiz: yo‘riqnomalar, maslahatlar va har bir bosqichda yordam ko‘rsatamiz.

assets_task_01jzjpxxc6ehvv179ftj43vwvr_1751901005_img_1

Sertifikatlar va mukofotlar

Sizga mos rang va tarkib — shaxsiy tanlovni biz bilan boshlang!

Ariza qoldiring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ishni professionallarga ishonib topshiring — biz bilan bog‘laning!

Ariza qoldiring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Спасибо!

Ваша заявка принята. Свяжемся с вами в ближайшее время!

Спасибо!

Ваша заявка принята. Свяжемся с вами в ближайшее время!